Termiz davlat universiteti — O‘zbekistonning janubiy mintaqasida joylashgan yirik ilmiy-ma’rifiy va innovatsion markazlardan biri bo‘lib, mamlakat ta’lim tizimida o‘zining mustahkam o‘rniga ega. Universitet 70 yildan ortiq tarixga ega bo‘lib, shu davr mobaynida minglab yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, respublika iqtisodiyoti, fan, ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Universitetning umumiy maydoni
Universitetdagi o‘quv va ilmiy laboratoriyalarning umumiy soni
Fakultetlarning umumiy soni
Kafedralarning umumiy soni
Universitetdagi asosiy shtat o‘qituvchilari soni
Talabalarning umumiy soni
Xalqaro hamkor OTM va tashkilotlar umumiy soni
Ta’lim dasturlarining umumiy soni
"TerDUda talabalik yillari faqatgina o'quv auditoriyalari va ma'ruzalar bilan cheklanmaydi. Bizning universitet har bir talabaning o'z iqtidori va qiziqishlarini to'laqonli namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar maydonini taqdim etadi. Yoshlarimiz fan to'garaklari, sport, intellektual klublar, ko'ngillilar harakatlari hamda turli ijodiy jamoalarda faol ishtirok etib, o'zlarining shaxsiy va kasbiy ko'nikmalarini shakllantiradilar. Yil davomida muntazam o'tkaziladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlar va ijtimoiy loyihalar yoshlarning yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi."
"Termiz davlat universitetining kampusi zamonaviy o'quv binolari, ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar hamda barcha qulayliklarga ega shinam talabalar turar joylarini o'z ichiga oladi. Universitetimizda 'Yashil universitet' konsepsiyasi doirasida hududni ko'kalamzorlashtirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanish va ekologik barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu esa talabalarimizning toza, tabiat bilan uyg'un va sog'lom muhitda ta'lim olishiga zamin yaratadi."
"Universitetimizning eng katta boyligi – bu bilimli, izlanuvchan va maqsad sari tinmay harakat qiluvchi iqtidorli talabalarimizdir. Ular respublika va xalqaro miqyosdagi fan olimpiadalari, innovatsion g'oyalar tanlovlari hamda nufuzli sport musobaqalarida faxrli o'rinlarni egallab kelmoqdalar. Ko'plab yoshlarimiz nomdor davlat stipendiyalari va maxsus mukofotlar sohibiga aylanmoqda. Har bir talabaning ilmiy va amaliy yutug'i universitet ta'lim sifatining yuqori ekanligidan dalolat beradi va butun jamoamizga cheksiz g'urur baxsh etadi."
"TerDU nafaqat nazariy bilim beradi, balki talabalarning mehnat bozorida munosib o'rin topishi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Universitet yirik davlat tashkilotlari va sanoat korxonalari bilan keng qamrovli hamkorlik o'rnatgan bo'lib, yoshlarning tizimli ravishda ishlab chiqarish amaliyotini o'tashini va ish bilan ta'minlanishini qo'llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, kampusda faoliyat yuritayotgan startap inkubatorlari va kovorking markazlari talabalarga o'zlarining innovatsion biznes g'oyalarini ruyobga chiqarish hamda tijoratlashtirish uchun barcha zarur sharoitlarni taqdim etadi."
"Universitetimizda ta'lim olish barcha uchun ochiq va teng imkoniyatlarga asoslangan. Biz ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo'lgan hamda alohida ehtiyojli talabalarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz. O'quv binolari va yotoqxonalarda to'siqsiz ta'lim muhiti yaratilgan bo'lib, har bir talabaning erkin harakatlanishi uchun zarur infratuzilma shakllantirilgan. Maxsus rag'batlantirish dasturlari orqali yoshlarning jamiyatga to'laqonli integratsiya bo'lishiga doimiy yordam ko'rsatib kelinmoqda."
"Ta'lim sifatini xalqaro akkreditatsiya standartlariga moslashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko'lamini kengaytirish va professor-o'qituvchilar salohiyatini oshirish borasidagi tizimli islohotlar o'z natijasini bermoqda. Buning sharofati bilan universitetimiz milliy reytinglarda o'z pozitsiyasini yildan-yilga mustahkamlab, yetakchilar qatoridan joy olmoqda. Nufuzli xalqaro ta'lim reyting agentliklari talablari asosida faoliyatni doimiy takomillashtirish orqali TerDUning global ta'lim maydonidagi nufuzi ham izchil yuksalib bormoqda."
2026-04-15 12:10:01 224 TerDUda “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” qizg‘in davom etmoqda!
2026-04-15 12:02:50 202 Bilim va tafakkur uyg‘unligi — TerDU yoshlari yana e’tirofda!
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinining Surxondaryo viloyati bosqichi yakunlandi.
2026-04-15 11:59:43 210 ABDULLA QODIRIYNI YOD ETIB
Abdulla Qodiriy tavalludining 132 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
2026-04-10 07:49:40 219 Yoshlar kuni — yangi imkoniyatlar kuni!
Termiz davlat universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori A. Norov ishtirokida talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.
2026-04-10 07:47:31 202 TerDUda buyuk sarkardaga ehtirom sifatida ma’naviyat va tarix uyg‘unligida tadbir tashkil etildi
Tadbirni ochib bergan rektorimiz bugungi avlod ajdodlarimiz yaratgan uyg‘onish davrining milliy va umuminsoniy mohiyatini teran anglashi lozimligini, yoshlarni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalashda bu meros ma’naviy ko‘prik bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
2026-04-08 11:33:26 227 TerDUda kengaytirilgan apparat yig‘ilishi o‘tkazildi
Termiz davlat universitetida rektor raisligida kengaytirilgan apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda prorektorlar, fakultet dekanlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda kun tartibidagi masalalar ijrosiga daxldor mutasaddilar ishtirok etdi.
2026-04-08 11:31:50 210 “Ochiq eshiklar kuni”
TerDUda Qiziriq tumani prokuraturasi tashabbusi bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
2026-04-08 11:29:53 190 DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti “Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi o‘qituvchisi Xasanova Kamila Baxtiyorovna Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda
2026-04-08 11:25:35 200 TerDUda navbatdagi muhim seminar
Termiz davlat universiteti Psixologiya yo‘nalishi talabalari uchun Respublika ilmiy-amaliy “Psixologik markaz” bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi.
2026-08-12 18:17:28 71 Ish beruvchilar fikri – bitiruvchiga xolis baho!
2026-04-10 07:59:47 270 TerDU talabalari uchun Xitoyda yozgi maktab granti!
Pekin shahar universiteti tomonidan 2026-yil yozgi 14 kunlik maxsus dastur e’lon qilinmoqda.
2026-04-06 09:05:31 216 DIQQAT, EʼLON!
Aziz vohadoshlar! Qadrli futbol muxlislari! Barchangizni soat 16:00 da Surxon sport аrenasiga chorlaymiz!
2026-03-17 08:26:05 213 DIQQAT, TANLOV!
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodini o‘rganish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan o‘qituvchi
2026-03-17 08:24:18 185 “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun loyihalar qabuli boshlandi!
“Akademik harakatchanlik” dasturi yosh olimlarni ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar
2026-03-17 08:48:55 221 E’LON | “MIRZO ULUG‘BEK VORISLARI” MAQOLALAR TANLOVI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari”
2026-03-17 08:50:42 246 ERASMUS+ AXBOROT VA METODOLOGIK SEMINAR
Oliy ta’lim muassasalari vakillari, professor-o‘qituvchilar, xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari hamda Erasmus+ imkoniyatlariga qiziqqan barcha uchun
2026-03-17 08:43:45 239 DIQQAT, EʼLON!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 23-fevraldagi 72-son buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida “Kimyo”
2026-03-17 08:54:37 281 DIQQAT, EʼLON!
Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilinadi!
TerDUni muvaffaqiyatli tamomlab, turli sohalarda yuksak natijalarga erishayotgan bitiruvchilarimiz.
Toshqulov Abduqodir Hamidovich
Termiz davat universiteti REKTORI
.
Toʻrayev Rasul Nortojiyevich
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori
Absamatov Anvar Ergashevich
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rektori
Sirojiddin Zayniyevich Mirzayev
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
Sirojiddin Mirzayev (O‘zbekiston) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi. Uning ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: suyuqliklar molekulyar akustikasi; ko‘p komponentli eritmalarda kritik hodisalar va fazaviy o‘tishlar; ko‘p fazali tizimlar va nanosuyuqliklarning issiqlik-fizik xossalari; seysmologiya va materialshunoslikda murakkab jarayonlarni ko‘p masshtabli kompyuter modellashtirish. U 280 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 3 ta monografiya va 8 ta patent muallifi hisoblanadi. Ilmiy maqolalari Physical Review, The Journal of Chemical Physics, Reports on Progress in Physics, Chemical Physics Letters kabi xalqaro nufuzli nashrlarda e’lon qilingan. Uning rahbarligida 4 nafar fan doktori va 4 nafar fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori tayyorlangan. Professor Mirzayev ilmiy nashrlar tahririyati faoliyatida ham faol ishtirok etadi. U “Doklady Akademii nauk” jurnali bosh muharririning o‘rinbosari, shuningdek “Fan va turmush” (“O‘zbekistonda fan va hayot”) ilmiy-ommabop jurnali vasiylik kengashi a’zosi hisoblanadi. U 10 dan ortiq yirik ilmiy va ilmiy-tashkiliy loyihalarda rahbar va ishtirokchi sifatida qatnashgan, jumladan Aleksandr fon Gumboldt jamg‘armasining xalqaro dasturlari doirasidagi loyihalarda ham ishtirok etgan. Shuningdek, u Germaniyaning Gyottingen universiteti Uchinchi fizika institutida taklif etilgan tadqiqotchi va Xalqaro akademiyalar assotsiatsiyasi (MAAN) akademigi hisoblanadi.
Temir Shirinov
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbari.
1950 yil 10 martda Jizzax viloyati Forish tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1972 yilda Termiz Davlat pedagogika institutini tarixchi-arxeolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, tarix fanlari doktori, professor. Temuriylar tarixi va madaniyatini o‘rganish Assotsiatsiyasi (Fransiya) Vitse-prezidenti Germaniya arxeologiya Instituti haqiqiy a’zosi, Tokio Soko Universiteti (Yaponiya) oliy mukofoti sovrindori, Varshava (Polsha) universiteti Oltin medali sohibi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan, “Fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Mehnat faoliyatini 1972 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida laborant lavozimidan boshlagan. 1976-1979 yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti Leningrad bo‘limining aspiranturasida tahsil olgan. 1979-1989 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida kichik, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1989-1992 yillarda Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti doktoranturasida o‘qigan. 1993-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2004 yildan 2011 yilga qadar Samarqand davlat universiteti rektori, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, 2013 yildan 2016 yilga qadar Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti «O‘zbekiston tarixi, ma’naviyat, sotsiologiya va madaniyat asoslari” kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat faoliyatini davom ettirgan. 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga saylangan. 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2017 yildan - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbari. Oilali, ikki nafar farzandi va nabiralari bor.
Lolayev Sharofiddin Usanovich
Termiz shahar hokimi
Sharofiddin Usanovich Lolayev Surxondaryo viloyati Termiz shahri hokimi etib tasdiqlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati. Sharofiddin Lolayev 1987-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Termiz davlat universitetini bakalavr, 2021-yilda magistr darajasini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i, bosh inspektori, birinchi o‘rinbosari, shuningdek, Denov tumani va Termiz shahri hokimining o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.
Rajabov Sherzod Abdimuratovich
Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi
MEHNAT FAOLIYATI 2004-2008 yy. - Surxondaryo viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi hisobchisi, yetakchi iqtisodchisi, mutaxassisi 2008-2009 yy. - Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi mutaxassisi 2009-2010 yy. - Surxondaryo viloyati hokimining yordamchisi 2010-2012 yy. - Surxondaryo viloyati hokimligi Nazorat monitoring guruhi rahbari 2013-2016 yy. - “Sharobsoz” ijodiy markazi masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh mutaxassisi 2016-2017 yy. - “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi kichik mutaxassisi, bosh mutaxassisi 2017-2018 yy. - “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ boshqaruv raisining yoshlar boʻyicha maslahatchisi 2018-2018 yy. - “Oʻzvinosanoat-xolding” AJ tarmoqni rivojlantirishni strategik rejalashtirish boshqarmasi boshligʻi 2018-2019 yy. - “Oʻzsharobsanoat” AJ sanoat uzumchiligi va boshqa xom-ashyo bazasini rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi 2019-2020 yy. - Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzumchilikni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish boʻlimi boshligʻi 2020-2021 yy. - Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi 2021-2023 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari 2023-2023 yy. - Qiziriq tumani hokimi 2024-y. - h.v. - Surxondaryo viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Toʻraev Joʻrabek Abdullaevich
Surxondaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari– viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi
Saparov Ilhom Ochilovich
Jarqo'rg'on tuman hokimi
Normamatov Xudoyberdi Pormanovich
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi
20 000+
Bitiruvchilar soni
30+
Davlatda faoliyat olib borishmoqda
100+
Mukofot va yutuqlar
Doimiy aloqada
Alumni tarmog'ini rivojlantiramiz
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
Taraqqiyot strategiyasi markazi