Asosiy | Raqamlashtirish & Aqlli kampus | Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori:

Choriyev Hamid A'zamovich

Bog'lanish uchun:

  • Telefon:+998975320684
  • Email:xamidazamovich@gmail.com
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 08:30 - 16:30

Choriyev Hamid A’zamovich 1984-yil 6-avgustda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan.
1991-yilda Termiz shahridagi 10-son umumta’lim maktabiga o‘qishga kirib, 1999-yilda maktabning 9-sinfini a’lo baholarga tugatgan. 1999-2002-yillarda Termiz davlat univeristeti qoshidagi akademik litseyi Iqtisodiyot ta’lim yo’nalishida tahsil olgan. 2005-2009-yillarda Termiz davlat universitetining Amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishida bakalavr, 1918-2020-yillarda Amaliy matematika va axborot texnologiyalari ta’lim yo’nalishida magistr diplomlari olgan. Mutaxassisligi: Amaliy matematika va axborot texnologiyalari.

O‘z faoliyati davomida ta’lim sohasida samarali boshqaruv tizimini shakllantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida faol ish olib borgan.
Rahbarlik davrida bir qator innovatsion loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish orqali jamoaning ish samaradorligini oshirishga erishgan.

2002-2004 yy. - Surxondaryo viloyati Termiz shahar oziq-ovqat sanoati kasb-hunar kollejining elektron hisoblash mashinasi operatori.

2005-2009 yy. – Surxondaryo viloyati Termiz davlat universiteti talabasi.

2006-2009 yy. – Surxondaryo viloyati Termiz shahar oziq-ovqat sanoati kasb-hunar kollejining Maxsus fan (Informatika) o‘qituvchisi (soatbay).

2009-2010 yy. – Termiz davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyining informatika fani o‘qituvchisi.

2010-2013 yy. – Termiz davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyining “Aniq fanlar” kafedrasi mudiri.

2013-2017 yy. – Termiz davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litseyining informatika fani o‘qituvchisi.

2017-2019 yy. – Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i.

2019-2019 yy. – Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi direktori.

2019-2020 yy. – Surxondaryo viloyati Termiz tumani Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i

2020-2021 yy. – Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi boshlig‘i

2021 y. - h.v. – Termiz davlat universiteti Raqamli ta`lim texnologiyalari markazi boshlig‘i

Markaz faoliyati haqida ma’lumot

Axborot texnologiyalari markazi O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hay’ati qarori va 2002 yil universitet Ilmiy Kengashi qarori asosida Termiz davlat universitetida Axborot texnologiyalari va masofadan o‘qitish markazi sifatida tashkil etilgan.

Dastlab markazga A.Koraxanov rahbarlik qilgan bo‘lib, markazning tashkiliy ishlari va zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlash amalga oshirilgan. 2005–2015 yillarda A.Esonqulov boshqaruv davrida markaz yanada rivojlantirilib, zamonaviy texnik vositalar bilan qayta jihozlangan, universitetning www.terdu.uz sayti yaratilgan, videokonferensiya xonasi tashkil etilib faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.