Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Laboratoriya haqida
Termiz davlat universiteti “Ilmiy-tadqiqot markazi” qoshidagi “O’simliklarni mikroklonal ko’paytirish” in vitro laboratoriyasi 2025-yilda tashkil etilgan.
Laboratoriyaning maqsadi: professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, magistrantlar va biologiya yo‘nalishining iqtidorli talabalari tomonidan o‘simliklarni mikroklonal ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni olib borish maqsadida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi in vitro usulida sog‘lom, kasalliklardan xoli bo‘lgan ko‘chatlarni yetishtirishning ilg‘or texnologiyalarini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Umuman olganda, laboratoriya ta’lim, ilmiy-tadqiqot, tijorat va hududni ko‘kalamzorlashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.
Asosiy faoliyat yo’nalishlari va qamrovi
Laboratoriya Surxondaryo viloyati iqlimiga moslashgan mevali, manzarali, dorivor, kamyob, cho‘l va qishloq xo‘jaligi ekinlarining yiliga 500 mingdan ortiq yuqori sifatli, sog‘lom ko‘chatlarini yetishtirishga ixtisoslashgan.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari, mevali va manzarali o‘simliklar, gullar, shuningdek, dorivor va efir moyli o‘simliklarning to‘qima hamda hujayra kulturalari usullarini qo‘llagan holda, laboratoriya jadal ko‘paytirish va sog‘lom ekish materialini olishni ta’minlaydi.
Yetishtirilgan ko‘chatlar:
Muhim tadqiqotlar va loyihalar
Bugungi kunda laboratoriyaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ-465-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, dehqon va fermer xo‘jaliklari dala chetlarida tuproq iqlim sharoitiga mos “IN-VITRO” usulida yetishtirilgan xar xil turdagi mevali va manzarali ko‘chatlarni yetkazib berish bo‘yicha viloyatning 11 ta tumanidan 1 mln 500 mingdan oshiq ko’chatlarga talabnoma kelib tushgan bo’lib, shartnoma asosida mazkur talabnomani bajarish мақсадида achchiq gilos, bodom, o’rik, chilonjiyda, anor va tut ko’chatlarini in vitro usulida ko’paytirish ishlari режалаштирилди. Хусусан, аччиқ гилоснинг Марказий Осиё ва маҳаллий иқлим шароитида (хусусан, Сурхондарё каби иссиқ ҳудудларда) кенг тадқиқ этилаётган ярим пакана KRMSK-5 пайвандтагини кўпайтириш ишлари амалга оширилмоқда. Ушбу пайвндтаг иссиққа, қурғоқчиликка ва маҳаллий тупроқ шароитига юқори даражада мослашган бўлиб, айнан вилоятнинг шимолий туманлари учун мос келади. Шунингдек, ўрик учун Myrobalan 29C пайвандтаги ҳам кўпайтирилаётган бўлиб, бу нав илдиз нематодаларига (Meloidogyne) жуда чидамлилиги билан аҳамиятли бўлиб, лабораторияда кўпайтиришда айнан шу ҳусусиятига эътибор қаратилган. Сурхондарё вилоятида KRMSK-5 ва Myrobalan 29C пайвандтагларини in vitro усулида кўпайтириш — шунчаки ўсимлик кўпайтириш эмас, балки вилоятнинг иссиқ иқлими, шўрланган тупроғи ва сув ресурслари чекланган шароитига мослашган интенсив боғдорчиликни ривожлантиришнинг манзилли ва илмий ечимидир.
Malaka oshirish va akademik almashinuv
Laboratoriya tomonidan dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Belarus Respublikasi hamda Ukrainalik yetakchi mutaxassis va olimlar bilan o’simliklar biotexnologiyasi va in vitro ko’paytirish yo’nalishida keng qamrovli ilmiy hamkorlik hamda tajriba almashinuvi yo’lga qo’yilgan.
Ushbu xalqaro muloqot doirasida qo’shma ilmiy tadqiqotlar, kadrlar malakasini oshirish, seminar va onlayn konsul’tatsiyalar faol tashkil etilmoqda. Bu esa laboratoriyaga jahon standartiga mos biotexnologik ishlanmalarni tadbiq etish va yosh tadqiqotchilarning akademik salohiyatini oshirish imkonini beradi.
Talabalar amaliyoti
Laboratoriya talabalar va yosh olimlar uchun amaliy tadqiqot markazi bo‘lib xizmat qiladi va mintaqa qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etadi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bir qatorda, laboratoriya oliy ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini faol qo’llab-quvvatlaydi. U ixtisoslashgan yo’nalishlarda tahsil olayotgan bakalavr va magistrantlar uchun o’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tash, kurs va bitiruv malakaviy ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyalarini bajarish bo’yicha amaliy baza bo’lib xizmat qiladi. Laboratoriya yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar (bakalavriat va magistratura talabalari) tayyorlashda muhim o’rin tutadi.
Istiqboldagi vazifalar
Kelgusida laboratoriya introduksiya qilingan manzarali o’simliklarni mahalliylashtirish yo’nalishida Termiz shahridagi «Tomorqa maktabi» bilan yo’lga qo’yilayotgan hamkorlik doirasida chet eldan keltirilayotgan manzarali gul va o’simlik ko’chatlarini in vitro usulida ko’paytirishni yo’lga qo’yish, bu orqali import o’rnini bosuvchi, tannarxi arzon, mahalliy iqlimga moslashgan va sog’lom ko’chatlar yetishtirib, viloyatni ko’kalamzorlashtirish va landshaft dizaynini rivojlantirishga erishishni; cho’llanishga qarshi kurashish va ekotizimni tiklash bo’yicha, Kattaqum massivi va cho’l hududlarining tabiiy muhitini muhofaza qilish maqsadida fitomeliorativ ahamiyatga ega bo’lgan cho’l o’simliklarini laboratoriya sharoitida jadal ko’paytirishni; ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida cho’l o’simliklari qoplamini qayta tiklash hisobiga qum ko’chishi va changlanishning oldi olish hamda Surxondaryo viloyatining cho’l ekotizimi bioxilma-xilligi barqarorligi ta’minlashga hissa qo’shishni, biotexnologik bazani kengaytirish orqali In vitro laboratoriyasining moddiy-texnik imkoniyatlarini yanada mustahkamlash va mahalliy hamda xorijiy grant loyihalarini jalb qilish orqali tijoratlashtirish ko’lamini oshirishni rejalashtirgan.