Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Bo‘lim haqida
Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan kuchga kirgan “Magistratura to‘g‘risidagi nizom”ga asosan faoliyat olib bormoqda. Universitet magistratura bo‘limining kunduzgi ta'lim shaklida 1-kursida 35 ta mutaxassislik bo'yicha 313 nafar, 2-kursida 32 ta mutaxassislik bo‘yicha 281 nafar, jami 594 nafar magistrant tahsil olmoqda. Bu mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlarni tayyorlash 34 ta kafedra zimmasiga yuklatilgan.
Magistratura bo'limi xalqaro aloqalarni ham yo'lga qo'ygan.
Xitoy – Szyansu Universiteti bilan
70230101 – Lingvistika: ingliz tili mutaxasissili Indoneziyaning – Indoneziya pedagogika universiteti bilan
70610101 – Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti 70510101 – Biologiya 70410102 – Iqtisodiyot 70230101 – Lingvistika: ingliz tili mutaxassisliklari Belarus Respublikasining– Polotsk davlat universiteti bilan
70310101 – Iqtisodiyot 70230104 – Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti mutaxassisliklari uchun qo‘shma dasturlar mavjud.
Magistratura bo’limining vazifalari:
•Magistratura mutaxassisliklari mavjud 31 ta kafedra va 12 fakultet dekanatlari bilan birgalikda faoliyatini muvofiqlashtirish;
O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
Magistratura mutaxassisliklari uchun zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
universiteti bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo’nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
universitet barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ko’maklashish;
magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;
magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarini nazorat qilish, ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
magistraturada mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash;
magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
magistrantlarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyatini “Magistratura to‘g‘risida” Nizomga muvofiq magistrantlarning kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishini nazorat qilish;
magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlash
YaDA sinovlari va magistrlik dissertasiyasi himoyalarining samarali tashkil etishini ta`minlash.
Magistratura mutaxassisliklari
1
70210401
Dizayn: kostyum dizayni
2
70210402
Kompyuter grafikasi va dizayn
3
70210801
Tasviriy va amaliy bezak sanʼati
4
70220301
Tarix
5
70220401
Arxeologiya
6
70220601
Etnografiya, etnologiya va antropologiya
7
70230101
Lingvistika (ingliz tili)
8
Lingvistika (rus tili)
9
Lingvistika (o‘zbek tili)
10
70230104
Adabiyotshunoslik: oʻzbek adabiyoti
11
Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti
12
70230201
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili
13
70230401
Kompyuter lingvistikasi
14
70310301
Psixologiya
15
70410102
Iqtisodiyot
16
70410201
Buxgalteriya hisobi
17
70410501
Moliya
18
70420101
Advokatlik faoliyati
19
70420106
Davlat boshqaruvi huquqi
20
70510101
Biologiya
21
70520202
Ekologiya
22
70530101
Kimyo
23
70530103
Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
24
70530201
Geografiya
25
70530501
Fizika
26
70530504
Yarimoʻtkazgichlar fizikasi
27
70540101
Matematika
28
70540201
Amaliy matematika
29
70610101
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti
30
70710101
Kimyoviy texnologiya
31
71010101
Turizm va mehmondoʻstlik
32
70711802
Sanoat chiqindilarini tozalash (rekuperatsiya)
33
70711803
Suv resurslarini muhofaza qilish
34
71010201
Sport faoliyati: dzyu-do
35
Sport faoliyati: futbol
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.03.2015 yildagi 36-sonli "Magistratura toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori