Asosiy | Ilmiy tadqiqot markazlari va laboratoriyalar | Arxeologiya laboratoriyasi

Arxeologiya laboratoriyasi

Ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodim

Shapulatov Ulug‘bek Xoltojiyevich

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998933455523
  • Email:shapulatovu@tersu.uz
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari: (08:30 - 16:30)

ARXEOLOGIYA LABORATORIYASI HAQIDA

Termiz davlat universiteti Ilmiy-tadqiqot markazi qoshidagi Arxeologiya laboratoriyasi 2024-yilda tashkil etilgan. Uning ochilishi 2024-yil 5–6-oktabr kunlari Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida bo‘lib o‘tdi. 2025-yil 2-iyunda imzolangan bitim asosida laboratoriya “Xitoy–Markaziy Osiyo: inson va atrof-muhit bo‘yicha “Bir makon, bir yo‘l” qo‘shma laboratoriyasi – C-CHEL Termiz” xalqaro ilmiy platformasi bilan mustahkamlandi.

Laboratoriyaning maqsadi Janubiy O‘zbekiston arxeologik merosini zamonaviy usullarda o‘rganish, topilmalarni saqlash va konservatsiya qilish, tadqiqot natijalarini raqamlashtirish hamda talabalar va yosh olimlarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirishdan iborat.