Termiz davlat universitetida jami 8 TTJ mavjud bo‘lib, umumiy sig’imi 4070 ta ni tashkil etadi. Shundan 3306 nafar qiz bolalar uchun 764 nafar o‘g‘il bolalar uchun uchun ajratilgan. Talaba TTJ ga joylashish istagida bo‘lsa my.gov.uz orqali onlayn ariza yuboriladi va billing.edu.uz tegishli mas’ul tomonidan TTJ ga joylashishi bo‘yicha yo‘llanma, shartnoma shakllanadi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qarori bo‘yicha TTJga (talabalar turar joyiga) joylashtirishda quyidagi ustuvorliklar mavjud.
Birinchi navbatda imtiyozli talabalar:
billing.edu.uz orqali tizimi orqali TTJ ga joylashtirish uchun 4 ta ustuvorlik bo‘yicha arizalar ko‘rib chiqiladi va yo‘llanma, shartnoma shakllanadi .
1-ustuvorlik
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Chin yetimlar (ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlar), “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dagi oilalar farzandlari, 1 va 2-guruh nogironlari(ko'z kasalliklari), I–II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar, Xorijiy fuqarolar, bir oiladan 2 yoki undan ortiq kunduzgi kontrakt asosida o‘qiyotgan farzandlar,
2-ustuvorlik
Kunduzgi ta’lim shaklida taxsil oluvchi doimiy yashash manzili boshqa hududdan bo‘lgan talabalar, xalqaro/respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, “Zakovat”, “Yil talabasi”, “Talabalar teatr studiyalari” respublika bosqichi g‘oliblari, TTJ talabalar kengashi raisi va qavat sardorlari
3-ustuvorlik
Bakalavr kunduzgi ta’lim shaklidagi (OTM hududidagi talabalar)
4-ustuvorlik
Umumiy magistratura ta’lim shaklidagi barcha talabalar, Bakalavr ta’lim shakli Qo'shma (Kunduzgi), kechki, sirtqi, Ikkinchi oliy (sirtqi taʼlim) hamda Masofaviy taʼlim shaklidagi talabalar.