- universitetda kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi;
- universitetda semestr yakunlari bo‘yicha fanlardan o‘tkaziladigan yakuniy nazoratlarning o‘tkazilishini tashkil etadi, nazorat qiladi hamda mas’ul bo‘limlar bilan hamkorlikda yakuniy nazorat ishlarining tekshirilishi yuzasidan shaffoflikni ta’minlaydi;
- universitetda o‘qitishning ilg‘or texnologiyalarini tatbiq qilinishini va kunduzgi, kechki, sirtqi hamda masofaviy ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar o‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlaydi;
- universitetda kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtiradi va tasdiqqa tavsiya etadi;
- universitetda kunduzgi, kechki, sirtqi hamda masofaviy ta’lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi;
- universitetda kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtiradi, tashkil etilishini ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi;
- universitet Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda kunduzgi, kechki, sirtqi hamda masofaviy ta’lim manfaatlarini o‘z vakolati doirasida himoya qiladi;
- universitetda kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy ta’limni metodik ta’minlash bo‘limining muassasadagi boshqa tuzilmalar bilan o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.