Asosiy | Universitet kengashi | Universitet Kengashi kotibi

Universitet Kengashi kotibi

Universitet Kengashi kotibi

Xamidov Odiljon Abduvoxidovich

Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori. (PhD), dotsent

Bog'lanish uchun:

  • Telefon:+998996711028
  • Email:odiljonkhamidov@tersu.uz
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 08:30 - 16:30

Termiz davlat universiteti Kengashi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimiga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda universitet Kengashi to‘g‘risidagi Nizom asosida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda o‘z faoliyatini belgilangan tartibda olib bormoqda. Kengashning vakolat muddati – 5 yil.

Universitet Kengashi yig‘ilishlari Termiz davlat universiteti rektori rahbarligida muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Kengash yig‘ilishlarida universitet faoliyatining o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy va boshqa muhim yo‘nalishlariga oid masalalar muhokama qilinadi hamda tegishli qarorlar qabul qilinadi. 2026–2027-o‘quv yilida Universitet Kengashi tarkibiga universitetning tegishli tarkibiy tuzilmalari va fakultetlaridan professor-o‘qituvchilar hamda mas’ul xodimlar kiritilgan. Kengash tarkibi har bir o‘quv yili boshida universitet faoliyatidagi tarkibiy va lavozimiy o‘zgarishlarni inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Hozirgi kunda Termiz davlat universiteti Kengashi tarkibida universitet rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy bo‘limlar rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ul xodimlar, yetuk professor va dotsentlar hamda talabalar vakillari faoliyat olib bormoqda. Universitet Kengashi o‘z vakolati doirasida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik salohiyatini yuksaltirish, talabalar uchun ta’lim olish sharoitlarini takomillashtirish hamda universitetning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan masalalarni ko‘rib chiqadi.

Termiz davlat universiteti kengashi a’zolari