Asosiy | Tarkibiy bo‘limlar | Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i

Raximov Akbar Xolmurodovich

texnika fanlari falsafa doktori, dotsent

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998 94 262-33-44
  • Email:akbar.raximov.1992@mail.ru
  • Qabul vaqti:Hafta kunlari (yakshanbadan tashqari) soat: 09:00-16:00

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati:

Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3698-sonli Qaroriga asosan tashkil qilingan. Bo‘limning faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat boshqaruv organlari buyruqlari va me’yoriy hujjatlari bilan intellektual sohani muhofaza qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari, universitet rektorining buyruqlari bilan o‘z Nizomi va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi universitet huquqiga tegishli bo‘lgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni hamda ilmiy-tadqiqot faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni (ish, xizmatlar) o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan rentabellikni baholash, tijoratlashtirishga va amaliyotga tadbiq etishga tayyor loyihalarni saralash, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb etish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan hamkorlik qilish yo‘nalishlarida faoliyat olib boradi.