Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Axborot texnologiyalari fakulteti haqida fakultet maqsadi. Axborot texnologiyalari fakultetida amaliy matematika, kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, sun'iy intellekt va axborot tizimlari yo'nalishlari bo'yicha talabalar o'qiydi. Bu yerda o'quv jarayoni ilmiy ishlar va amaliyot bilan birga olib boriladi. Fakultetning maqsadi - yaxshi bilim va ko'nikmaga ega dasturchilar, muhandislar hamda IT-mutaxassislarni tayyorlash. Fakultet tarkiban quyidagi 3 ta kafedradan iborat:
Amaliy matematika kafedrasi, Kompyuter va dasturiy injiniring kafedrasi, Matematik modellashtirish va kompyuter ilmlari kafedrasi
Fakultet professor-o‘qituvchilarining umumiy soni 31 nafar bo‘lib, shundan:
- 2 nafar - Fan doktori (DSc);
- 13 nafar - Fan nomzodi va PhD;
- 3 nafar - Katta o‘qituvchilar;
- 10 nafar - O‘qituvchilar;
- 3 nafar -stajyor o‘qituvchi
Fakultet tarixi.Axborot texnologiyalari fakulteti 2020-yilda tashkil etilgan. U Fizika-matematika fakultetidan ajralib chiqqan. Fakultet zamonaviy IT sohasiga bo'lgan ehtiyojni hisobga olib ochilgan va qisqa vaqt ichida universitetning eng tez rivojlanayotgan fakultetlaridan biriga aylangan.Fakultet ochilgan dastlabki yillarda ko'plab mehnatsevar va tajribali o'qituvchilar bu yerda halol va fidoyilik bilan ishlab, fakultetning rivojlanishiga asos solganlar.Hozirgi kunda esa fakultetning yetakchi olimlari - fizika-matematika fanlari doktori, professor Ch. B. Normurodov va iqtisodiyot fanlari doktori, professor O. Q. Xatamov - fakultetni yanada rivojlantirish uchun o‘z xissalarini qo‘shib kelmoqda.Bugungi kunda fakultetda quyidagi yo'nalish va mutaxassisliklar bo'yicha talabalar tayyorlanmoqda.
Bakalavriat
Magistratura
- 60540200 – Amaliy matematika
- 60610300 – Kompyuter injiniringi
- 60610400- Dasturiy injiniring
- 60610500- Sun'iy intellekt
- 60610100 -Axborot tizimlari va texnologiyalari
- 60610100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- 60610100-Professional ta’lim: axborot tizimlari va texnologiyalari
- 70540201- Amaliy matematika
- 70210402- Kompyuter grafikasi va dizayn
- 70610101- Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti
Axborot texnologiyalari fakulteti xalqaro hamkorligi. Fakultet xorijiy universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari orqali hamkorlik qilmoqda. Bu orqali talabalar ikkita diplom olish, chet elda tahsil olish va o'z bilimini xalqaro darajada oshirish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Bunday hamkorlik fakultet bitiruvchilarining zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishiga hamda kelajakda ish topishida ustunlikka ega bo'lishiga yordam beradi.
Malayziyaning Utara universiteti bilan birga Kompyuter injiniringi yo'nalishida bakalavriat darajasida qo'shma dastur ishlaydi. Indoneziyaning Pendidikan universiteti bilan esa Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti yo'nalishida magistratura darajasida qo'shma dastur bor. Bulardan tashqari, Malayziyaning Perlis universiteti bilan ham hamkorlik yo'lga qo'yilgan bo'lib, kelajakda bu hamkorlikni yanada kengaytirish, yangi yo'nalishlar bo'yicha qo'shma dasturlar ochish rejalashtirilgan.
Fakultet bu kabi xalqaro hamkorlikni davom ettirish orqali talabalarga zamonaviy va sifatli ta'lim berishni maqsad qilib qo'ygan