Asosiy | Universitet | Universitet missiyasi va istiqbolli rejalar

Universitet missiyasi va istiqbolli rejalar

Missiya
Surxondaryo va O’zbekistonning bilimga asoslangan barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish, amaliy tadqiqotlar, dalillarga asoslangan innovatsiyalar hamda ijtimoiy mas’uliyatli, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash orqali hududning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga samarali yechimlar ishlab chiqish.

Istiqbol
Transformativ ta’lim, mukammal ilmiy tadqiqotlar va innovatsion tadbirkorlikni uyg‘unlashtirgan holda, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tayanch markazi hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda yetakchi akademik-ilmiy markazga aylanish.

Qadriyatlar ASOSIY QADRIYATLAR
Barcha xodimlar, talabalar va manfaatdor tomonlar uchun inklyuziv, ochiq va qo‘llab-quvvatlovchi akademik muhitni yaratish;
Dalillarga asoslangan tanqidiy ilmiy tadqiqotlarda yuqori natijadorlik va akademik mukammallikka erishish;
Raqamlashtirish, yashil texnologiyalar va sun’iy intellektni ta’lim, ilm-fan va boshqaruv jarayonlariga keng integratsiya qilish;
Bilim va tajriba almashinuvi uchun mahalliy hamda xalqaro ochiq hamkorlikni rivojlantirish.