O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Mehnat kodeksi hamda qonunosti hujjatlariga muvofiq universitet nomenklaturasidagi kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish hamda universitet tizimidagi ta’lim muassasalarida soha uchun kadrlar tayyorlash ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlash, borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
rektor tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan lavozimlarga (keyingi o‘rinlarda – nomenklatura) prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim va tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari bilan hamkorlikda nomzodlarni o‘rnatilgan tartibda o‘rganib xulosa va takliflar tayyorlash;
Universitet nomenklaturasidagi lavozimlar kadrlar zaxirasini shakllantirish, istiqbolli yoshlarni boshqaruv faoliyatiga tayyorlash maqsadida ularning zaruriy tajriba va malaka oshirishlarini tashkil etish;
qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda tizim xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ushbu jarayonga tayyorgarlik va o‘tkazilishini uslubiy ta’minlash va tashkil etishda qatnashish;
Universitet tarkibiy bo‘linmalari va xodimlari faoliyati natijadorligini baholash mezonlari va indikatorlari asosida tahlil qilish, reyting yakunlariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish yoki shaxsiy javobgarligini oshirish, mas'uliyatini kuchaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Universitet tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, fan va ta'limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli harakat dasturlarini ishlab chiqish va joriy qilishda ishtirok etish.
Xodimlar bo'limining Nizomi
Nazarov Zayniddin
Sayfiddinovich
Muhandis
Djumayeva Mashxura
Toshmurotovna
Musurmonov Sanjar
Allamurat oʻgʻli
Inspektor