Asosiy | Talabalarga | Sport va sog‘lomlashtirish

Sport va sog‘lomlashtirish

Termiz davlat universitetida talaba-yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Universitetda talabalar uchun sport bilan muntazam shug‘ullanish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va o‘z sport mahoratini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Universitetda futbol, voleybol, basketbol, yengil atletika, tennis, stol tennisi, suzish, kurash, dzyudo, boks, og‘ir atletika, gandbol, shaxmat va boshqa sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar hamda sport to‘garaklari faoliyat olib boradi. Talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida universitet miqyosida turli sport musobaqalari, spartakiadalar, “Talabalar ligasi”, “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” kabi keng ko‘lamli sport tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda. Bunday musobaqalar talabalarda jamoaviylik, iroda, intizom, sog‘lom raqobat va g‘alabaga intilish kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

TerDUda sport bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning sport mahoratini oshirish hamda viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Universitetda tahsil olayotgan sportchi talabalar turli nufuzli musobaqalarda universitet sharafini munosib himoya qilib kelmoqda.

Universitetda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratilib, talabalar va professor-o‘qituvchilar foydalanishi uchun sport zallari, tennis korti hamda fitnes mashg‘ulotlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.