Asosiy | Strategik rivojlanish | Universitet strategiyasi

Universitet strategiyasi

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING 2025-2027-YIL RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI: MAQSADLI MODEL VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

HUJJAT MAQSADI VA QAMROVI

Ushbu Strategik rivojlanish rejasi Termiz davlat universiteti (TerDU)ning 2025–2027-yillardagi institutsional taraqqiyoti uchun yoʻl xaritasini belgilaydi. Hujjat universitetning missiyasi, vazisfasi, qadriyatlari va strategik maqsadlarini aniqlab, barqaror rivojlanish yoʻnalishlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur reja taʼlim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, innovatsiya va tadqiqotlarni ragʻbatlantirish, hamda jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatishni taʼminlashga qaratilgan