Asosiy | Universitet | Devonxona va hujjatlar ijrosi nazorati boʻlimi

Devonxona va hujjatlar ijrosi nazorati boʻlimi

Devonxona va hujjatlar ijrosi nazorati boʻlimi bo‘lim boshlig‘i

Samiyev Asroridin Sayfidinovich

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent

Bog'lanish uchun:

  • Telefon:+998 (97) 350-51-71
  • Email:asrorsamiev1969@gmail.com, info@tersu.uz
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00

Bo‘lim faoliyati haqida ma’lumot: Devonxona universitetning tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita rektor boshqaruvida ish yuritadi. Devonxonaning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar kiradi:

  • Universitetning faoliyatiga tegishli ichki, tashqi tashkiliy buyruqlarni, farmoyishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘paytirish, tarkibiy bo‘linmalarga yetkazish, saqlash;
  • Universitet rahbarlari (rektor va prorektorlar) nomiga yuborilgan xizmat yozishmalari, ma’lumot-axborot hujjatlari, olinma va jo‘natma xatlar hamda xat-xabarlar (korrespondensiya)ni ro‘yxatdan o‘tkazish, tegishli bo‘limlarga tarqatish, javoblarni adresatlarga jo‘natish;
  • Hujjatlardan talablar bo‘yicha kerakli ko‘chirmalar berish, muddatlari tugagan xujjatlarni dalolatnomalar asosida yo‘q qilish singari ishlarni olib boradi.

Arxiv universitetning devonxona tuzilmasiga kiradi va o‘quv yillariga tasdiqlangan tashkil qilish tuzilmasiga muvofiq bevosita rektor boshqaruvida bo‘ladi. Arxivni rektor buyrug‘i bilan qabul qilingan arxiv mudiri boshqaradi. Arxiv tarkibiga tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq arxiv mudiri, arxivarius lavozimlari kiradi. Arxiv mudiri va uning tarkibidagi lavozimlar rektor tomonidan alohida tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari asosida ish olib boradi.