Asosiy | Ilmiy kengash | Ilmiy kengashlar haqida ma'lumot

Ilmiy kengashlar haqida ma'lumot

Termiz davlat universitetida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yuqori malakali ilmiy kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda universitet huzurida turli fan yo‘nalishlari va ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyat yuritadi.

Mazkur ilmiy kengashlarda tegishli ixtisosliklar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari ko‘rib chiqilib, falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya himoyalari tashkil etiladi. Ilmiy kengashlar tarkibida tajribali professor-o‘qituvchilar, olimlar va tegishli soha mutaxassislari faoliyat olib boradi.

Quyida Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat yuritayotgan ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar, ularga biriktirilgan ixtisosliklar, shuningdek, ilmiy kengash raislari va ilmiy kotiblari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.