Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Hududiy tadqiqotlar markazi Termiz davlat universiteti tarkibida faoliyat yurituvchi ilmiy-tahliliy va strategik tadqiqot tuzilmasi hisoblanadi. Markaz oʻzining mustaqil balansiga, bank muassasalarida hisob va valyuta raqamlariga, oʻz belgisi tushirilgan muhr va tamgʻaga ega boʻlishi mumkin. Markaz hozirgi inson farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlar sharoitida mamlakatimizda, qolaversa, oʻziga xosligi bilan ajralib turadigan hududda ijtimoiy holatni, tizimli muammolarni oʻrganish va shundan kelib chiqib takliflar ishlab chiqishga koʻmaklashish boʻyicha olimlar salohiyatidan foydalanish uchun Universitet tashabbusi bilan tashkil etilgan.
1.2. Markazning asosiy faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, boshqaruv, agrar, sanoat va ekologik rivojlanish masalalarini kompleks oʻrganish, strategik tahlillar tayyorlash va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
1.3. Markaz universitetning strategik rivojlanish va transformatsiya siyosati doirasida faoliyat yuritadi hamda tashkiliy jihatdan tegishli prorektorga boʻysunadi.
1.4. Markaz oʻz faoliyatida quyidagilarga amal qiladi: – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; – Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari; – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari; – Vazirlar Mahkamasi Qarorlari; – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hujjatlari; – universitet Ustavi; – mazkur Nizom.
1.5. Markaz universitet professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, doktorantlar, ekspertlar va sohaviy mutaxassislar salohiyatidan keng foydalanadi.
1.6. Markaz davlat organlari, mahalliy hokimiyat organlari, ilmiy tadqiqot institutlari, xalqaro tashkilotlar va ekspert markazlari bilan hamkorlik qiladi.
1.7. Markazning rasmiy nomi: davlat tilida – Hududiy tadqiqotlar markazi, qisqacha: HTM; ingliz tilida – Regional Research Center, qisqacha: RRC; rus tilida – Regionalnыy issledovatelskiy sentr, qisqacha: RIS. Markaz Termiz shahri, Barkamol avlod koʻchasi 43 uyda joylashgan, Pochta indeksi: 190111.
II. MARKAZNING ASOSIY MAQSADI Markazning asosiy maqsadi: hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, davlat boshqaruvi samaradorligi, jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlar va iqtisodiy tendensiyalarni ilmiy asosda tahlil qilish, strategik prognozlar ishlab chiqish va amaliy takliflar tayyorlashdan iborat.
III. MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI Markaz quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: – hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni tahlil qilish; – rivojlanish tendensiyalarini oʻrganish; – tizimli muammolarni aniqlash; – strategik tahlillar tayyorlash; – ijtimoiy-iqtisodiy prognozlar tayyorlash; – sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish; – aholi fikrini oʻrganish; – hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish; – davlat organlari uchun analitik maʼlumotlar tayyorlash; – ilmiy-amaliy tadqiqotlar tashkil etish; – innovatsion tadqiqot metodlarini joriy etish; – milliy va xalqaro grantlarda ishtirok etish.
Nizomi
Muhammad Xudoyberdiyev
Norqobil o'g'li
Yetakchi ilmiy xodim