Universitetda taʼlim dasturlarini amaldagi kasbiy standartlar, oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari, Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori, malaka talablari, oʻquv rejalari, fan dasturlari, sillabuslar hamda boshqa meʼyoriy-uslubiy hujjatlar asosida ishlab chiqish, joriy etish va muntazam takomillashtirish.
Taʼlim sifati, talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari, professor-oʻqituvchilarning pedagogik faoliyati, oʻquv-uslubiy taʼminot va oʻquv jarayoni samaradorligini tizimli monitoring qilish, natijalarni tahlil etish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va natijalarni Universitet Kengashi muhokamasiga kiritish.
Talabalarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash, oraliq va yakuniy nazoratlarni belgilangan talablar asosida tashkil etish, baholash jarayonining obyektivligi, shaffofligi va akademik halollik tamoyillariga muvofiqligini taʼminlash.
Professor-oʻqituvchilarning pedagogik faoliyati va dars mashgʻulotlari sifati hamda samaradorligini tahlil qilish, ilgʻor pedagogik tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy oʻqitish metodlarini joriy etish va ularning kasbiy-pedagogik mahoratini oshirishga qaratilgan seminarlarni tashkil etish.
Yangi avlod darsliklari, oʻquv qoʻllanmalari, elektron taʼlim resurslari va boshqa oʻquv-uslubiy materiallarni yaratish va yangilab borishni muvofiqlashtirish, taʼlim dasturlarining metodik taʼminotini tahlil qilish hamda kafedralarga metodik yordam koʻrsatish.
Talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va kasbiy amaliyotlarini samarali tashkil etish, dual taʼlim elementlarini keng joriy qilish, ish beruvchilar va tarmoq tashkilotlarini taʼlim dasturlarini takomillashtirishga jalb etish hamda taʼlim mazmunini mehnat bozori talablari bilan uygʻunlashtirish.
Milliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribalarini oʻrganish va universitet taʼlim jarayoniga joriy etish, talabalarning akademik mobilligini rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlari va xalqaro taʼlim loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMANING NIZOMI