Fizika matematika fanlari falsafa doktori (PhD),
FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT
Fakultet maqsadi. Fizika-matematika fakultetining asosiy maqsadi - aniq fanlar yo'nalishida yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda jamiyatning ilm-fan va texnika taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishdan iborat.
Fakultet professor-o‘qituvchilarining umumiy soni 53 nafar bo‘lib, shundan:
- 4 nafar — Fan doktori (DSc);
- 32 nafar — Fan nomzodi va PhD;
- 4 nafar — Katta o‘qituvchilar;
- 13 nafar — O‘qituvchilar;
Fakultet tarixi. Termiz davlat pedagogika instituti qoshida fizika va matematika fanlaridan mutaxassis kadrlar tayyorlash 1967 yilda Tabiiy fanlar fakulteti qoshida fizika va matematika bo‘limlari ochilishi bilan boshlangan. 1971 yilda Fizika-matematika fakulteti tashkil etilagan. O‘sha davrda fizika va matematika fanlaridan ilmiy darajalilar juda kam edi, 1983 yilda Termiz davlat pedagogika institutida birinchi bo‘lib fan doktori darajasini matematika kafedrasi mudiri Norali Norboyev Moskva davlat universitetida himoya qilgan. Norali Norboyev biofizika soxasida nafaqat Respublikamizda balki sobiq ittifoqda ham ko‘zga ko‘ringan yirik olim edi. Shogirdlari dotsentlar J.G‘afforov, Ch.Berdiyev, S.Turdiyeva, U.Berdiyev, Ch.Shaymanov, Z.Norboyevlar u kishi asos solgan maktabni davom ettirdilar.
1983 yildan Termiz davlat pedagogika instituti rektori bo‘lib ishlab boshlagan f.-m.f.d., professor N.To‘rayev 1991 yildan O‘zbekiston fanlar akademiyasining akademikligiga saylandi. Nazar To‘rayev eletromagnit nurlanishlarning qattiq jismlar bilan o‘zaro ta’siriga oid nazariy tadqiqotlar bilan shug‘ullangan. Nazar To‘rayev maktabidan prof.E.To‘rayev, E.Yadgorov, dotsentlar Sh.Misirovlar yetishib chiqishgan.
Fakultetda matematika sohasida ham juda ko‘plab yetuk olimlar ish olib borishgan, professorlar M.Mirsaburov, I.Allakov, S.Abdunazarov, A.Meliqulov, dotsentlar A.Xurramov, B.Mengziyayev, Ch.Eshqarayev, E.Bozorov, O.Begaliyev, M.Ortiqov, I.Xayrullayevlardir.
Ushbu davrlarda fakultetga: E.Xoliqov, professor N.Norboyev, Q.Mengniyozov, professor A.S.Meliqulov, dotsent Ch.Saidov, professor I.Allakov, Professor E.To‘rayev, professor Sh.Jo‘rayev, professor M.Mirsaburov, dotsent O‘.Berdiyev, dotsent N.Ibragimov, dotsent A.Sh.Safarovlar rahbarlik qildi.
Bakalavriat
Magistratura
- 60540100-Matematika ta’lim yo‘nalishi
- 60540100-Matematika (kechki) ta’lim yo‘nalishi
- 60530500-Fizika ta’lim yo‘nalishi
- 60530500-Fizika (kechki) ta’lim yo‘nalishi
- 60530700-Astronomiya ta’lim yo‘nalishi
- 70540101-Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
- 70530501-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi
- 70530505-Yarim o‘tkazgichlar fizikasi.
Fakultetning xalqaro hamkorlik faoliyati. Fizika-matematika fakulteti ta’lim sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish hamda ilmiy-akademik mobillikni ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlik faoliyatini izchil rivojlantirib kelmoqda. Bugungi kunda fakultet Malayziyaning yetakchi Perlis universiteti bilan 2024-yildagi memorandum asosida faol aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek Abay nomidagi Qozog‘iston Milliy pedagogika universiteti, Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlik faoliyati keng ko‘lamda olib borilmaoqda.