Asosiy | Ilmiy tadqiqot markazlari va laboratoriyalar | Neft va gaz kimyosi laboratoriyasi

Neft va gaz kimyosi laboratoriyasi

Ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi

Umarov Shuxrat Sharifovich

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Bog'lanish uchun

  • Telefon: +99891 320 67 71
  • Email:shuhratumarov1002@gmail.com
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari

Termiz davlat universiteti Ilmiy tadiqot markazi qoshida Neft va gaz kimyosi laboratoriyasi 2024-yilda tashkil etilgan. Uning ochilishida Surxondaryo viloyatida neft va gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish, yangi mahsulotlar yaratish, neft va gaz tarkibini aniqlash va uglevodorod xom-ashyosini ko‘paytirish uchun ochilgan bo‘lib, mamlakatning neft va gaz sohasidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari xususan, “Uzbekistan GTL” zavodi, “UNG training” MCHJ, “Surxon parlamash”, “Jarqo‘rg‘on neft” va “Termiz Neft ba’zasi” MCHJ bilan hamkorligi doirasidagi kelishuvlar asosida mustahkamlandi.

Laboratoriya maqsadi, neft va gaz xomashyosining tarkibi va xususiyatlarini chuqur o‘rganish, ularni samarali qayta ishlash usullarini takomillashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega kimyoviy mahsulotlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish hamda mahalliy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish.

Asosiy ilmiy yo‘nalishlari