Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Universitet ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejasidagi fanlarning o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holatlarini tanqidiy tahlil qilgan holda, fakultetlar va kafedralarning o‘quv va uslubiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganadi hamda tegishli takliflar tayyorlaydi.
O‘quv-uslubiy boshqarmada tayyorlanayotgan hujjatlarni universitet bo‘lim boshliqlari hamda dekanlari bilan hamkorlikda muvofiqlashtiradi.
Professor-o‘qituvchilarning mutaxassislik, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bo‘yicha tegishli muddatlarda malaka oshirish rejalarini tuzadi va ijrosini nazorat qiladi, akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan universitetda yaratilayotgan o‘quv adabiyotlarining (darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va boshqalar) ekspertizasini tashkil etadi va chop ruxsatnoma berilishini ta’minlaydi, universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari fanlar bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlar ro‘yxatini, nashr etish rejasini shakllantiradi.
Pedagog kadrlar va rahbar xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etadi, hujjatlarni tayyorlaydi, jarayonni nazorat qiladi.
O‘quv reja va o‘quv dastur(sillabus)larning tuzilishini va tayyorlanishini nazorat qiladi, universitet masofaviy ta’lim shakli uchun tayyorlangan kontentlarning fanning o‘quv dasturiga mosligi, elektron platformaga kiritilganligini tahlil qiladi, universitet fakulteti dekanatlaridagi o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yuritilishini nazorat qiladi.
Sifat nazorati hay’ati orqali o‘quv mashg‘ulotlarining sifat darajasini oshirishga erishish, yosh pedagog kadrlar malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, universitet fakultet va kafedralari bilan hamkorlikda o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi.