Bosh sahifa | Barcha bitiruvchilar | QODIROV Umarali Doʻstqobilovich
QODIROV  Umarali  Doʻstqobilovich

QODIROV Umarali Doʻstqobilovich

Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi direktori

Tamomlagan yili: 1996-yil Ta'lim yo'nalishi: Oʻzbek tili va adabiyoti
Assalomu alaykum, qadrdon universitetimning bugungi yoshlari!

Talabalik – inson umrining eng shirin va unutilmas davri. Men 1996-yili TerDUning "Oʻzbek tili va adabiyoti" yoʻnalishini tamomlaganman.
Bu qadrdon dargoh menga nafaqat ta'lim bergan, balki butun hayot yo'limda, kasbimda o'z o'rnimni topishimda katta maktab bo'lgan.
Ustozlarimizning qimmatli maslahatlari, auditoriyadagi qizg'in bahslarimiz, kutubxonada kitob titkilab o'tkazgan onlarimiz bugun ham eng issiq xotiralarimdan biri.
Hozirgi kunda viloyatimiz pedagoglarini yangi metodikalarga oʻrgatish markazi rahbari sifatida faoliyat yurityapman.

Ortga qarab shuni ishonch bilan ayta olamanki, hayotda erishgan har qanday yutug'imning poydevori aynan universitetda qo'yilgan.
Aziz ukalarim, singillarim! Bugun sizlarning qo'lingizda bizning davrimizda bo'lmagan juda katta imkoniyatlar bor.
Zamonaviy sharoitlar, internet, cheksiz ma'lumotlar — barchasi sizning xizmatingizda. Sizdan faqat bitta narsa so'raladi: vaqtni bekorga sarflamang.

Talabalikning har bir kunidan unumli foydalanib, tinimsiz o'qing va izlaning. Ustozlaringizni qadrlab, ularning tajribasidan iloji boricha ko'proq narsa o'rganishga harakat qiling.
Qaysi sohada o'qimang, o'z ishingizning chinakam ustasi bo'lishga intiling. Ishonaman, TerDUdan kelajakda el-yurtiga katta foydasi tegadigan kuchli mutaxassislar yetishib chiqadi.
Barchangizga o'qishda va kelgusi ishlaringizda faqat omad tilayman. Dilingizdan ilm nuri hech qachon arimasin!
Ortga