Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Termiz davlat universiteti Ilmiy tadiqot markazi qoshida polimerlar va qurilish-kompozision materiallar laboratoriyasi 2024-yilda tashkil etilgan. Uning ochilishida mamlakatimizda ishlab chiqarish hajmining yuqori su’ratlarda ortib borishi bilan polimerlarga bo‘lgan talabning ham kun sayin ortib borishi, ilmiy ishlanmalar va yangi kompozit materiallar ishlab chiqarish zarurati tufayli ochilgan bo‘lib, “Sho‘rtangazkimyo majmuasi” MCHJ, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan neft va gaz qazib olish boshqarmasi,“UNG training” MCHJ bilan hamkorligi doirasidagi kelishuvlar asosida mustahkamlandi.
Laboratoriya maqsadi, qurilish va sanoat ehtiyojlari uchun yuqori mustahkamlikka, uzoq muddatli xizmat qilish qobiliyatiga, issiqlik va namlik ta’siriga chidamlilikka ega bo‘lgan polimer va kompozision materiallarni ishlab chiqish, ularning tarkibi va texnologiyasini optimallashtirish hamda amaliyotga joriy etish.
Asosiy ilmiy yo‘nalishlar;
Ø polimerlar va polimer-kompozision materiallarni sintez qilish va modifikatsiyalash;
Ø polimer matrisali kompozision materiallarni ishlab chiqish; ·mineral, organik va dispers to‘ldiruvchilarning material xossalariga ta’sirini o‘rganish;
Ø qurilish materiallarining fizik-mexanik va ekspluatasion xususiyatlarini tadqiq etish;
Ø polimer-beton, polimer-qorishma va boshqa qurilish-kompozision materiallarni yaratish;
Ø materiallarning mustahkamligi, elastikligi, deformatsiyalanishi va yemirilishga chidamliligini aniqlash;
Ø issiqlik, namlik, sovuq-issiqlik sikllari va agressiv muhit ta’sirida materiallarning barqarorligini baholash;
Ø mahalliy mineral xomashyo va sanoat chiqindilaridan samarali to‘ldiruvchilar sifatida foydalanish;
Ø import o‘rnini bosuvchi va resurs-tejamkor kompozision qurilish materiallarini ishlab chiqish;
Ø polimer chiqindilarni qayta ishlash asosida ikkilamchi xomashyodan yangi kompozision materiallar olish;
Ø yangi materiallarning tarkibi, strukturasi va xossalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash
Muhim tadqiqotlar va loyihalar
Termiz davlat universiteti ilmiy tadqiqot xodimlari, professor-o‘qituvchilar va yosh olimlarning bir qator ilmiy ishlanmalari va loyihalari ishlab chiqarishga yo‘naltirilib, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.
Termiz davlat universiteti, Kimyo fakulteti dekani, texnika fanlari doktori professor Baxodir Xolnazarov Oltinsoy innovasion tumanida loyiha qiymati 1 mlrd. 300 mln so‘mlik qishloq xo‘jaligida suv va mineral o‘g‘itlarni tejovchi, bioparchalanuvchan gidrogellar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi hisobiga 3 nafar ish o‘rni yaratilgan.
Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha «Eng yaxshi g‘oya», «Eng yaxshi loyiha» va «Eng yaxshi ixtiro» respublika ko‘rik-tanlovlari 2025 yilning may–iyul oyidagi tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yosh muhandislar o‘z intellektual salohiyati va yangicha qarashlarini namoyon qildi. Ularning loyihalari innovasionlik, samaradorlik, amaliy qo‘llash imkoniyati hamda barqaror rivojlanish mezonlari asosida baholanib, tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Xolboyeva Aziza Ixtiyarovnaning «Yog‘ochni himoyalovchi antipiren-antiseptik olish usuli» nomli ixtirosi bilan mazkur nufuzli tanlovda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Universitet tadqiqotchisi Bozorov Yoqubjon Sherali o‘g‘li «Mahalliy xom-ashyolar asosida ionalmashinuvchi, ultrafiltrasion membranalar olish» nomli loyihasi bilan Tanlovning Tashkiliy qo‘mitasi tomonidan dolzarb muhandislik yechimlarini taqdim etgan ishtirokchi sifatida «Innovasion g‘oyalar yetakchisi» ko‘krak nishoniga tavsiya etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha loyihalar tanllovi natijalariga ko‘ra, universitning 4 nafar doktoranti g‘olib deb topildi.
Polimer-qurilish kompozit materiallar sohasidagi ishlanmalar bo‘yicha 1. Loyiha rahbari: Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna
Loyiha nomi: Tarkibida azot, oltingugurt va fosfor bo‘lgan antipiren-antiseptiklar sintezi, tadqiqoti va ularning qo‘llanishi
Loyiha mablag‘i: 43 790 000 so‘m
2. Loyiha rahbari: Eshmurodov Xurshid Esanberdiyevich
Loyiha nomi: Kremniy organik birikmalar va ular asosida modifikatsiyalangan qurilish yelimlari olish hamda qo‘llash Loyiha mablag‘i: 47 630 000 so‘m
3. Loyiha rahbari: Mukimov Abdullo Soatovich
Loyiha nomi: Organomineral qo‘shimchalar asosida yuqori markali syementlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish
Loyiha mablag‘i: 47 100 000 so‘m
4. Loyiha rahbari: Bozorov Yoqubjon Sherali o‘g‘li
Loyiha nomi: Mahalliy hom-ashyolar asosida olingan ionitlardan nanog‘ovakli membranalar olish va ularning taqdqiqoti Loyiha mablag‘i: 53 213 000 so‘m
“Akademik harakatchanlik” dasturining 2025-yil 2-chorak tanlovchida esa tadqiqotchi Ashurova Muborak tomonidan “Mahalliy xomashyolar asosida mebel va qurilish sanoati uchun polimer yelimlar olish” loyihasi bo‘yicha 63 796 000 so‘mlik grand sohibi bo‘ldi.
Polimer qurilish kompozitsion materillarni ishlab chiqishning texnologik jarayonlarida albatta modifikatorlarsiz ta’savvur qilib bo‘lmaydi.Modifikatorlar polimer xossalarini yaxshilash bilan bir qatorda sifatli va uzoq muddat xizmat qilishga asos bo‘ladi. Bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan Ilmiy-tadqiqot markazi yetakchi ilmiy xodimi Umarov Shuxrat tomonidan o‘zining ilmiy ishini 2025 yil 23 mayda Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi" ixtisosligidan “Poliamid va poliolefinlarni metall-ammoniy polifosfatlari bilan modifikatsiyalab, olovbardosh organik materiallar olish texnologiyasini yaratish” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi. Hozirgi kunda laboratoriyada tadqiqotlari davomida xalqaro ilmiy ba’zalarda 3 ta Skopus, 15 ta respublika va xorijiy ilmiy jurnallarida maqolalari chop yetilib patentlashtirish uchun 2 ta hujjatlar topshirilgan.
Ushbu loyihalar zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, talabalarning ilmiy pedagogik faoliyati samardorligini oshirish, tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka taqdim etishga xizmat qiladi.
Ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalar
“InnoWeek-2025 – innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi” oldidan “Ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi” Termiz davlat universitetida tashkil etildi.
Ahamiyatlisi, tadbir doirasida ilmiy ishlanmalarni tadbirkorlar va investorlar bilan hamkorlikda real loyihalarga aylantirish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi.
Hozirda Ilmiy tadqiqot markazida 30 ga yaqin ilmiy ishlanmalar ustida ish olib borilmoqda. Ularning ayrimlari – “EkoGidrogel”, avtomobil yo‘l bo‘yoqlari, bazalt asosli quvurlar va oltingugurtli beton loyihalari sanoat zonalarida amaliyotga tatbiq etilib, iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.
Malaka oshirish va akademik almashinuv
ТerDU professor-o‘qituvchilari Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va boshqa davlatlardagi ilmiy markazlarda tadqiqot safarlari va akademik almashinuv dasturlarida qatnashib kelmoqda. 2024-yil may oyida Turaev Xayit va Kasimov Sherzod Qozog‘istonda o‘tkazilgan akademik almashinuv dasturida qatnashib, Qozog‘iston pedagogika universitet talabalariga, 2023-yil oktyabr oyida Jumaeva Zulhumor Chexiya respublikasining Praga shahridagi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida, 2026-yil iyun oyida Аl Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitida o‘tkazilgan akademik almashinuv dasturida qatnashib, universitet talabalariga onlayn mashg‘ulotlar olib bordi. Bu faoliyat universitet ilmiy natijalarini xalqaro taʼlim jarayoniga joriy yetish va taʼlim eksportini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Xorijiy mutaxassislar ham TerDUdagi o‘quv va ilmiy jarayonga faol jalb etilmoqda. 2025-yilda Hindistonning nufuzli Ganesh Lal Agarwal nomidagi universiteti professori Anuj Kumar “Sirt yuzasi hodisalari va adsorbsiya” hamda “Kimyoviy jarayonlar termodinamikasi” fanlaridan maʼruza mashg‘ulotlarini tashkil yetdi. 2026-yil mart–aprel oylarida yesa M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti professori Babayev Yevgeniy “Getrosiklik birikmalar kimyosi” fanidan zamonaviy metodlar asosida maʼruza, laboratoriya mashg‘ulotlarini birlashtirdi.
Тalabalar amaliyoti
Kimyo ta’lim yo‘nalishi talablari va magistrantlari mamlakatning yirik ishlab chiqarish korxonalariga muntazam jalb qilingan. Xususan, “Sho‘rtangazkimyo majmuasi” MCHJ, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan neft va gaz qazib olish boshqarmasi, “UNG training” MCHJlarda o‘zaro hamkorlik doirasida talabalar ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotlariga jalb qilingan.
Amaliyot jarayonida korxona mutaxassislari ishtirokida polimer materiallar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari bilan yaqindan tanishadilar. Amaliyotda talabalar zamonaviy tadqiqot metodlari, akademik halollik, kasbiy yetika, mehnat xavfsizligi qoidalariga muvofiq tashkil etiladi. Mazkur tizim nazariy bilimlarni amaliy tadqiqot bilan uyg‘unlashtirib, talabalarning amaliy ko‘nikmalari va ilmiy ma’lumotlarni tahlil qilish ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritish va tadqiqot natijalarini professional shaklda taqdim etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Istiqbolli vazifalar
Polimerlar va qurilish-kompozision materiallar laboratoriyasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash:
polimer va qurilish-kompozision materiallari bo‘yicha yangi materiallar yaratish:
laboratoriya sinovlari tajriba namunasi patentlash:
sanoatga joriy etish zanjiri to‘liq ishlaydigan xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy markazga aylantirishga xizmat qiladi.