Asosiy | O‘quv uslubiy boshqarma | Darband oʻquv-amaliyot direksiyasi

Darband oʻquv-amaliyot direksiyasi

Darband o‘quv-amaliyot direksiyasi: Termiz davlat universitetida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, o‘quv-amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish hamda ta’lim jarayonining amaliy yo‘nalishini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tarkibiy tuzilma hisoblanadi. Direksiya tomonidan talabalarning o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarini belgilangan tartibda tashkil etish, amaliyot jarayonlarini muvofiqlashtirish, ta’lim jarayonida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Darband o‘quv-amaliyot bazasidan samarali foydalanish, o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish direksiyaning muhim vazifalaridan biridir.

Direksiya universitetning ta’lim yo‘nalishlari va kafedralari bilan hamkorlikda talabalarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish, o‘quv jarayonini amaliyot bilan integratsiya qilish hamda mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni amalga oshiradi.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari: