BOSH MUHANDISNING LAVOZIM VAZIFALARI:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va vazirliklarning buyruqlari, mahalliy hokimyat organlarining ko‘rsatmalari hamda universitet rektori topshiriqlarini bajarish;
universitetning muhandislik xizmatiga tegishli bo‘limlar faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish;
Universitetning muhim obyektlarida texnika xavfsizligi va texnik ekspluatasiya qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash va nazorat qilish;
Universitetning mavjud ichki resurslari yoki pudratchi tashkilotlar bilan rekonstruksiya, kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha muzokaralar olib borish va bajarilgan qurilish ta’mirlash ishlarini belgilangan tartibda qabul qilish;
Kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini, jumladan bino va uning evakuasiya rejasini tayyorlash;
Universitetning moddiy-texnik bazasi bo‘yicha har bir obyekt uchun alohida materiallar ro‘yxatini tuzish va tayyorlash;
Mavjud obyektlarni qayta ta’mirlash hamda qimmat va ulkan hajmli uskunalarni binolarga o‘rnatishga moslashtirish bo‘yicha masalalarni yechishni ta’minlash;
Binolar texnik holati va jihozlanishi hamda o‘z vaqtida ta’mirlanishini tashkil qilish va nazoratini amalga oshirish;
Bo‘ysunuvchi mas’ul xodimlar va ishchilarga tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularni mehnat xavfsizligi qoidalari bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;
Universitetning moddiy-texnik bazasi va yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etish;
O‘z vakolatlari doirasida o‘ziga bevosita bo‘ysunuvchi bo‘limlarga ko‘rsatmalar berish;
O‘z vakolatlari doirasida rektorning buyruq va farmoyishlar loyihasini tayyorlash;
Inshootlarning qayta rejalashtirilishi va ekspluatasiya qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha tavsiyalar berish;
Universitetda yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish hamda elektr energiyasi, gaz va boshqa turdagi yoqilg‘ilardan foydalanishning limitlarini o‘rnatishni ta’minlash va nazorat qilish;
O‘z bo‘ysunuvidagi ishchi xodimlar faoliyati uchun zarur materiallarga buyurtmalar berish va taqsimlash;
Axborot va kommunikatsion texnologiyalarni puxta bilish;
Universitetga tegishli mol-mulkka zarar yetkazgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish bo‘yicha takliflar berish.
Bilishi kerak:
Loyiha, konstruktorlik va texnologiya, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda me’yoriy hujjatlarini, vazirliklar buyruqlari, lavozim vazifalarini, tegishli sanoat tarmoqlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi hukumat qarorlarini, yuqori tashkilotlarning Universitet faoliyatini texnik jihatdan ta’minlashga taalluqli qarorlari, farmoyishlar, buyruqlar, boshqa rahbariy va me’yoriy hujjatlarni bilishi.