Termiz davlat universitetida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash oliy ta’limdan keyingi ta’limning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Universitetda tayanch doktorantura (PhD), maqsadli tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli doktorantura (DSc), mustaqil izlanuvchilik (PhD/DSc) va stajyor-tadqiqotchilik shakllari mavjud. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakllari
Tayanch doktorantura (PhD) - Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladigan oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli. Maqsadli tayanch doktorantura (PhD) - Muayyan tashkilot yoki hududning yuqori malakali ilmiy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, PhD ilmiy darajasi uchun maqsadli asosda tashkil etiladigan tayanch doktorantura shakli. Doktorantura (DSc) - Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun olib boriladigan oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.
Maqsadli doktorantura (DSc) - Muayyan tashkilot yoki sohaning yuqori malakali ilmiy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, DSc ilmiy darajasi uchun maqsadli asosda tashkil etiladigan doktorantura shakli. Mustaqil izlanuvchilik (PhD/DSc) - Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda PhD yoki DSc ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish shakli. Stajyor-tadqiqotchilik - Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rish hamda ilmiy va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim shakli.
Termiz davlat universitetida mavjud ixtisosliklar
Universitetda oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha jami 26 ta ixtisoslik mavjud. Muayyan qabul davrida qaysi ixtisosliklar bo‘yicha qabul amalga oshirilishi tasdiqlangan qabul kvotalari asosida belgilanadi.
№
Ixtisoslik shifri
Ixtisoslik nomi
1
01.01.02
Differensial tenglamalar va matematik fizika
2
01.01.03
Hisoblash matematikasi va diskret matematika
3
01.01.06
Algebra
4
01.04.07
Kondensirlangan holat fizikasi
5
02.00.01
Noorganik kimyo
6
02.00.02
Analitik kimyo
7
02.00.03
Organik kimyo
8
02.00.13
Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
9
02.00.14
Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi
10
03.00.06
Zoologiya
11
05.01.07
Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui
12
07.00.01
O‘zbekiston tarixi
13
07.00.06
Arxeologiya
14
07.00.07
Etnografiya, etnologiya va antropologiya
15
08.00.06
Ekonometrika va statistika
16
08.00.07
Moliya, pul muomalasi va kredit
17
09.00.04
Ijtimoiy falsafa
18
10.00.01
O‘zbek tili
19
10.00.02
O‘zbek mumtoz adabiyoti
20
10.00.05
Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
21
10.00.06
Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik
22
10.00.13
Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik
23
10.00.14
XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayon
24
13.00.01
Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
25
13.00.02
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
26
19.00.05
Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya
Doktoranturaga qabul dinamikasi (2024–2026)
2024–2026-yillarda Termiz davlat universitetiga tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bo‘yicha jami 168 nafar talabgor qabul qilingan. Mazkur ko‘rsatkichlar tegishli yillardagi tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq shakllangan.
Qabul yili
PhD
DSc
Jami
2024
52
57
2025
53
58
2026
43
148
168
1-rasm. 2024–2026-yillarda PhD va DSc bo‘yicha qabul dinamikasi
Amaldagi doktorantlarning ixtisosliklar kesimidagi tahlili
Amaldagi 163 nafar doktorant 23 ta ixtisoslik bo‘yicha taqsimlangan. Quyidagi jadval faqat “Talabgor o‘qishga qabul qilingan” statusidagi doktorantlarni qamrab oladi
Taqdimotga qo'yiladigan talablar PhD
Taqdimotga qo'yiladigan talablar DSc
Taqdimotni baholash mezoni PhD
Taqdimotni baholash mezoni DSc
Uslubiy ko'rsatma
· Eng katta kontingent 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligiga to‘g‘ri keladi: 29 nafar (24 PhD, 5 DSc), jami amaldagi kontingentning taxminan 17,8 foizi.
· Keyingi yirik ixtisosliklar: 10.00.01 - O‘zbek tili (15 nafar), 02.00.01 - Noorganik kimyo (12 nafar) va 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (12 nafar).
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Talabgorlar hujjatlarini daraja.ilmiy.uz Yagona elektron tizimi orqali taqdim etadilar.
· Tanlangan ixtisoslik bo‘yicha Termiz davlat universitetida joriy qabul mavjudligini aniqlash.
· Tegishli ta’lim shakliga qo‘yilgan talablar bilan tanishish.
· Ilmiy maqola va tezislarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish.
· Xorijiy til bo‘yicha talablarni aniqlashtirish.
· Taqdim etiladigan hujjatlarni to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirish.
· Dissertatsiya mavzusining tanlangan ixtisoslikka muvofiqligini tekshirish.