Asosiy | Universitet | Xotin-qizlar bo'limi

Xotin-qizlar bo'limi

Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi

Uzakova Nodira Abdimuratovna

Bog'lanish uchun

  • Telefon:+998936370464
  • Email:nuzakova233@gmail.com
  • Qabul vaqti:Haftaning barcha ish kunlari

Talaba-qizlarning axloqiy-estetik madaniyatini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish. Talaba-qizlar turar joylaridagi xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish hamda to‘garak-klub faoliyatini rag‘batlantirish. Faol xotin-qizlar (pedagog-xodimlar), talaba-qizlar va xotin-qiz xodimlar o‘rtasida muammolarni aniqlash, yordamga muhtoj xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan ayollar uchun manzilli ro‘yxatlarni tuzish va ijtimoiy-huquqiy, psixologik, moddiy yordam ko‘rsatish.

Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish.

Talaba-qizlarda siyosiy madaniyat asoslarini shakllantirish, siyosiy ongni oshirish, davlat ramzlariga hurmatni kuchaytirish.