BILIM, TAFAKKUR VA INTELLEKT ZAFARI!

Yangiliklar 02-10-2026 15 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 17 SDG 17 Hamkorlik va sheriklik

🟢Surxondaryoda yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, ularning faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual turniri yuqori saviyada tashkil etildi.

🟢O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur intellektual bellashuvda universitetlarning bilimga chanqoq, izlanuvchan va tashabbuskor yoshlari o‘zaro kuch sinashdi.

🟢Musobaqa davomida ishtirokchilar davlat boshqaruvi, qonunchilik, parlament faoliyati va siyosiy-huquqiy jarayonlarga oid savollar orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

🟢TerDU yoshlari esa yana bir bor o‘zining yuksak intellektual salohiyatini namoyish etdi!
🥇 1-o‘rin — TerDU “Diplomatlar” jamoasi!
🥈 2-o‘rin — TerDU “Demokratlar” jamoasi!
🥉 3-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali “Aysberg” jamoasi!

Bugungi bilim — ertangi taraqqiyot poydevori!