Termiz davlat universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga talabalarni saralash jarayonining uchinchi bosqichi ham yakunlandi.
🟢Ushbu bosqich doirasida nomzod talabalar jismoniy tayyorgarlik sinovlari hamda ChQBT fanidan test sinovlarida ishtirok etib, o‘z bilim, kuch, chaqqonlik va chidamliligini namoyon etdilar. Sinovlarda Termiz shahridagi 4 ta oliy ta’lim muassasasidan jami 181 nafar talaba qatnashdi. Jarayon O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ko‘rsatmasiga muvofiq, maxsus komissiya ishtirokida belgilangan tartibda tashkil etild.🟢Bu jarayon nafaqat bilim va jismoniy tayyorgarlikni, balki iroda, intizom va mas’uliyatni ham sinovdan o‘tkazdi. Har bir sinov — harbiy tayyorgarlik sari yana bir muhim qadam!