Termiz davlat universiteti "Dasturiy injiniring" kafedrasi katta o'qituvchisi Abdullayev Baxtiyor Panji o'g'li Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "13.00.02 - Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika)" ixtisosligidan “Oliy ta'lim pedagoglarining axborot-kommunikativ kompetentligini takomillashtirish metodikasi (malaka oshirish kurslari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Baxtiyor Panji o'g'lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!