Termiz davlat universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi mutaxassislari tomonidan foydalanuvchilar uchun CV Studio xizmati tashkil etildi.
✅Mazkur platforma orqali ma’lumotnoma va rezyumelarni tez, qulay va bepul tayyorlash mumkin. 📝 Ma’lumotnomani Word yoki PDF formatida yuklab olish 📄 Rezyumeni PDF formatida tayyorlash ⬇️ Fayllarni cheklovsiz va hech qanday qo‘shimcha belgilarsiz yuklab olish 🟢 Kiritilgan ma’lumotlar va rasmlar brauzerning o‘zida qayta ishlanadi — serverga yuborilmaydi 🛡 Xizmatdan foydalanishda cookie va shaxsni aniqlovchi ma’lumotlar yig‘ilmaydi
Shuningdek, foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar brauzerda saqlanadi. Shu sababli brauzer ma’lumotlari o‘chirilganda yoki boshqa brauzerdan foydalanilganda avvalgi ma’lumotlar saqlanmasligi mumkin.
🔗 Havola: https://cv.fastai.uz/
🟢Hujjatni topshirishdan oldin undagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini hamda qabul qiluvchi tashkilot talablarini tekshirish tavsiya etiladi.
✅ CV Studio — hujjatlarni tayyorlashda sodda, xavfsiz va bepul yechim.