Termiz davlat universitetida ilmiy salohiyat ko‘rsatkichi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish dinamikasini namoyon etmoqda. 2017-yilda 16 foizni tashkil etgan mazkur ko‘rsatkich 2026-yilning joriy holatiga ko‘ra 53,1 foizga yetdi. Natijada 9 yil davomida ilmiy salohiyat 37,1 foizga o‘sdi.
Bu natijalar universitetda ilmiy darajali professor-o‘qituvchilar ulushining ortib borayotgani, doktorantura va ilmiy maktablar faoliyatining kengayayotgani hamda ilmiy kadrlar tayyorlash tizimining izchil rivojlanayotganini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda TerDU nafaqat o‘zining ilmiy salohiyatini mustahkamlab bormoqda, balki Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarini ilmiy darajali kadrlar bilan ta’minlovchi asosiy ilmiy maktablardan biri sifatida ham muhim o‘rin egallamoqda.
Yuqoridagilardan tashqari universitet ilmiy maktablari tomonidan shu kunga qadar viloyat va respublika oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun 200 nafardan ortiq ilmiy darajali kadrlar tayyorlab berilgan.
TerDU — ilmiy kadrlar, kuchli ilmiy maktablar va hudud taraqqiyoti uchun tayanch universitet.