Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Ustozlarimizning nufuzli xalqaro ilmiy bazalarda qayd etilayotgan natijalari nafaqat ularning shaxsiy ilmiy mehnati, balki Termiz davlat universitetining xalqaro ilmiy nufuzini oshirishga qo‘shayotgan munosib hissasidir. Ayniqsa, ilmiy maqolalarning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi va boshqa tadqiqotchilar tomonidan iqtibos keltirilishi olimlarimiz olib borayotgan izlanishlarning dolzarbligi hamda ilmiy qiymatini namoyon etadi.
Barcha professor-o‘qituvchilarimizni ushbu natijalar bilan samimiy tabriklaymiz!
Ularning yutuqlari universitetimizning boshqa olimlari va yosh tadqiqotchilariga ham yangi marralarni zabt etish uchun munosib motivatsiya va ibrat manbai bo‘lib xizmat qilsin!