Bugungi amaliyotçi — ertangi öqituvçi!

Yangiliklar 13-11-2026 47

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakultetida bitiruvçi talabalarni mehnat bozoriga tayyorlaş va ularning bandligini ta’minlaş borasida muhim taşabbus amalga oşirilmoqda.

Ilk bor fakultet bitiruvçilarining 50 foizi haq tölanadigan amaliyotga yuborilmoqda.

Mazkur taşabbus doirasida Termiz davlat universiteti Karyera markazi mutaxassislari tomonidan talabalar örtasida haq tölanadigan amaliyotning mazmun-mohiyati, tartib-qoidalari, mavjud imkoniyatlar va uning afzalliklari yuzasidan tarğibot-taşviqot işlari olib borildi.

Uçraşuv davomida talabalarga amaliyot jarayonida mehnat faoliyatini taşkil etiş, öz mutaxassisligi böyiça iş tajribasiga ega böliş hamda mehnati uçun haq oliş imkoniyatlari haqida tuşunçalar berildi. Uşbu taşabbusdan közlangan asosiy maqsad — talabalarni oliy ta’lim muassasasini tamomlamasdan turib iş bilan ta’minlaşga kömaklaşiş, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlaşdan iborat.