2026-yil 12-noyabr kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga qiziqishini oshirish hamda ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan musobaqada viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqa yakunida quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti; 🥈 2-o‘rin — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti; 🥉 3-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti;
Termiz davlat universiteti jamoasini munosib g‘alaba bilan tabriklaymiz! Sportchi talabalarimizga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
TerDU — çempionlar maskani!