HARBIY TAYYORGARLIK O‘QUV MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI!

Yangiliklar 14-09-2026 8

TerDUda tashkil etilgan Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga 3-bosqich talabalarini saralab olish bo‘yicha qabul boshlandi.
Kimlar murojaat qilishi mumkin?

Universitetning 3-bosqich talabalari o‘z xohishiga ko‘ra universitet rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Ariza yozish namunasi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi binosida mavjud. Ariza bevosita markaz binosiga kelgan holda yoziladi.

SARALASH BOSQICHLARI:
Tibbiy ko‘rik
17–18-sentyabr
Termiz garnizoni harbiy gospitali

Jismoniy tayyorgarlik sinovi
21–22-sentyabr
Termiz davlat universiteti stadioni

ChQBT fanidan test sinovi
24–25-sentyabr
Termiz davlat universiteti o‘quv binosi
Saralash vaqti: 09:00–17:00

MUHIM!
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga o‘qishga kirish uchun nomzod talabalar zarur tibbiy tahlillarni o‘zlari bilan olib kelishlari shart.
Olib kelinadigan tibbiy tahlillar namunasi Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi binosida mavjud.

Eslatma:
Har bir saralash bosqichida talabaning yonida ID-kartasi bo‘lishi shart.
Biror bosqichdan o‘ta olmagan talaba keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
Manzil: Termiz davlat universiteti,
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi.
Mo‘ljal: 7-sonli talabalar yotoqxonasi oldidagi 2 qavatli bino.