TERDU TALABALARI QOZOG‘ISTONDA

Yangiliklar 14-09-2026 7

Termiz davlat universiteti talabalari Qozog‘iston Respublikasining Qizilo‘rda shahrida bo‘lib o‘tayotgan “65 yil - Inson koinotda” xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro seminar Qorqit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti tomonidan tashkil etilib, yoshlarning ilmiy va ta’limiy salohiyatini rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish, akademik va professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ta’limiy, madaniy va tanishtiruv tadbirlari orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

“65 yil - Inson koinotda” mavzusidagi xalqaro seminar yoshlar uchun koinotni o‘rganish, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish bilan bir qatorda, xalqaro akademik muhitda o‘zaro tajriba almashish uchun ham muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.