Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sohalar bo‘yicha prorektorlar, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda kun tartibidagi masalalarga daxldor mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini munosib boshlash, 1-bosqich talabalarini universitet hayoti bilan tanishtirish haftaligi doirasida amalga oshirilgan ishlar, yuqori bosqich talabalarining o‘quv jarayonlariga jalb etilishi hamda avvalgi topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Mas’ullarning bu boradagi axborotlari tinglandi.
Shuningdek, rektor tomonidan universitet mezbonligida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar va respublika miqyosidagi sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda xalqaro akkreditatsiya, tijoratlashtirish va investitsiyalarni jalb etish, obodonlashtirish ishlari hamda talabalarni talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.