Toshkent shahri mezbonligida 2026-yil 11–12-sentabr kunlari dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat universiteti talabasi Ashurov Asadbek 90 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Yosh sportchimizning ushbu natijasi uning yuksak mahorati, mustahkam irodasi, tinimsiz mehnati va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishining yorqin ifodasidir.
Ashurov Asadbekni ushbu munosib yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi musobaqalarda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, xalqaro maydonlarda ulkan zafarlarni qo‘lga kiritishingizga tilakdoshmiz!