“Yashil makon”

Yashil Universitet 24-02-2024 14

Ayni kunlarda “Yashil makon” dasturi doirasida universitet hududida koʻchat ekish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Hududda jami 3 ming 655 tup (archa daraxti turlari, olma, yongʻoq) mevali va manzarali daraxt koʻchatlari hamda 8 mingta mavsumiy gullar ekish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Koʻchatlar muassasaning iqlim sharoitidan kelib chiqib, tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.