Termiz davlat universiteti 3-bosqich kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari uchun muhim imkoniyat!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PQ-140-son qaroriga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etildi.
Shu munosabat bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalarni Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga qabul qilish jarayoni boshlandi. Mazkur markazga Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari belgilangan tartib va tanlov asosida saralab olinadi.
Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olishning afzalliklari:
Harbiy unvon va guvohnoma O‘quv markazini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi hamda tegishli harbiy guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Harbiy xizmat uchun yangi imkoniyatlar Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi turli tuzilma va bo‘linmalarda shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tash imkoniyati yaratiladi.
Kelajak uchun muhim imkoniyatlar Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat yuritgan harbiy xizmatchilar uchun davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlardan foydalanish imkoniyatlari mavjud.
Kelajakda nafaqat malakali mutaxassis, balki Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilishga tayyor harbiy mutaxassis bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Murojaat uchun: +998 91 574 66 82 Kamol Abdijabborov
Hurmatli 3-bosqich talabalari! Agar sizda harbiy sohaga qiziqish, yuqori jismoniy tayyorgarlik va Vatanga xizmat qilish istagi bo‘lsa — ushbu imkoniyat aynan siz uchun