Xalqaro ta’lim hamkorligi kengaymoqda

Yangiliklar 10-09-2026 3

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus Respublikasi Ta’lim vaziri Andrey Ivanets bilan ham kengaytirilgan tarkibda uchrashuvi o‘tkazildi.

Unda Surxondaryodagi ta’lim muassasalari bilan Belarusning yetakchi ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, tajriba almashinuvi va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Termiz davlat universiteti bilan axborot texnologiyalari, pedagogika va rus tili yo‘nalishlari, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bilan qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiya va texnik yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlar hamda professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Surxondaryodagi "in vitro" laboratoriyalariga Belarus mutaxassislarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar natijasida Surxondaryo viloyati ta’lim muassasalari va Belarusning yetakchi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.