Kattalar va yoshlar (U-20) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqassida Termiz davlat universiteti talabasi Ibragimov Komiljon og‘ir atletika bo‘yicha -60 kg vazn toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Musobaqada vohamiz sharafini munosib himoya qilgan Komiljon: Dast ko‘tarishda — 98 kg Siltab ko‘tarishda — 121 kg natijani qayd etib, o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini ortda qoldirdi!
Bu natija nafaqat yosh sportchimizning, balki Termiz davlat universitetining ham katta yutug‘i va faxri!
Komiljon Ibragimovga kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar, yangi rekordlar va yuksak marralarni zabt etishini tilaymiz!