YANGI O‘QUV YILI — YANGI MAQSADLAR SARI!

Yangiliklar 09-09-2026 5

Termiz davlat universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi Uzakova Nodira hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor Allanazarova Saltanat ishtirokida talaba-qizlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida talaba-qizlarning ta’lim va ilmiy faoliyatdagi imkoniyatlari hamda ijtimoiy tashabbuslari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida talaba-qizlar o‘z fikr va takliflarini erkin bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Shuningdek, masʼullar tomonidan talaba-qizlarga kundalik faoliyatida bilib, amal qilishlari lozim bo‘lgan muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.