Birinchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot

Yangiliklar 08-09-2026 5

Termiz davlat universitetida Xorijiy filologiya fakultetining 1-kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, universitet Yoshlar yetakchisi, fakultet rahbariyati va tyutorlar ishtirok etdi.

Muloqotda ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.