Ijtimoiy tarmoqlarda universitetining mas'ullari nomidan soxta akkaunt ochilib, go‘yoki super-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni oddiy kontraktga o‘tkazish uchun ma’lum miqdorda to‘lov amalga oshirish mumkinligi haqida yolg‘on va asossiz xabarlar tarqatilmoqda.
Ushbu xabarlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Ta'lim muassasasining mas'ullari nomidan tarqatilayotgan norasmiy, ishonchsiz ma’lumotlarga ishonmaslikni, hech qanday shaxsga pul mablag‘larini o‘tkazmaslikni va shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslikni so‘raymiz.
E’tibor bering: universitetda kontrakt va ta’lim bilan bog‘liq barcha to‘lovlar faqat belgilangan tartibdagi universitetning hisob raqamlariga amalga oshiriladi. To‘lovlar mas’ul xodimning shaxsiy karta yoki hisob raqamiga o‘tkazilmaydi.
Universitetda ta’lim kontrakti, super-kontrakt va ularga oid to‘lovlar bo‘yicha barcha rasmiy ma’lumotlar faqat universitetning rasmiy axborot kanallari orqali e’lon qilinmoqda.
Fuqarolar va talabalardan bunday soxta xabarlarga aldanmaslik, ularni tarqatmaslik hamda shubhali holatlarga duch kelganda universitetning mas’ul xodimlariga murojaat qilish so‘raladi.
Ogoh bo‘ling! Soxta akkaunt va xabarlarga ishonmang.
Ushbu holatga duch kelsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qiling! Ishonch telefoni: 76-221-77-10 Telegram bot: @TerDUantiCorruption_bot Uyali aloqa telefonlari: 91-575-20-01, 93-799-01-01