“MUSTAQILLIK KUBOGI” MUSOBAQASI YAKUNLANDI

Yangiliklar 05-09-2026 8 3 SDG 3 Sog'liq va farovonlik 10 SDG 10 Tengsizlikni kamaytirish

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada universitetning turli fakultetlaridan 200 nafarga yaqin sport ishqibozi va havaskorlar ishtirok etib, o‘zaro do‘stona va qizg‘in bellashdilar.

Musobaqa davomida ishtirokchilar jamoaviylik, chaqqonlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

Voleybol bo‘yicha g‘oliblar:
I o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti
II o‘rin — Kimyo fakulteti
III o‘rin — Tarix fakulteti

Stol tennisi bo‘yicha:

I o‘rin — Sport faoliyati fakulteti vakili Rahimova Zarina

II o‘rin — Fizika-matematika fakulteti vakili Eshqobilova Dilrabo

III o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti vakili Mamaraimova O‘g‘iloy

Musobaqada faol ishtirok etgan barcha hamkasblarimizga minnatdorlik bildiramiz. G‘olib va sovrindorlarni esa samimiy muborakbod etamiz!