Diqqat, e'lon!

E'lonlar 04-09-2026 10

Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish uchun o'tkazilgan test sinovi natijalari (MANDAT) e'lon qilindi!

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o'quv yili uchun Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish maqsadida ro'yxatdan o'tgan talabgorlar uchun joriy yilning 25-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan (Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi binosida) o‘tkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi.

Test sinovi natijalari
➡️ QAYDNOMASI

Talabalikka tavsiya etilganlar uchun kerakli hujjatlar:

1. Rektor nomiga ariza — universitetga kelib, yoziladi
2. Bakalavr diplomi va ilovasi — asli
3. Ma'lumotnoma (obyektivka) — asli
4. Imtiyozga oid hujjatlar (guvohnoma, tavsiyanoma, sertifikat, diplom v.b. mavjud bo‘lsa)asli olib kelinadi (elektron bundan mustasno)
5. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka-skorosshivatel)1 dona
6. Konvert (A5 formatda)1 dona

Talab etiladi: shaxsini tasdiqlovchi hujjat ID karta bo‘lgan talabgorlar my.gov.uz tizimi orqali doimiy yashash joyidan ma'lumotnoma ham olib kelishlari lozim.

Eslatma: Hujjatlarni joriy yilning 12-sentabr kuniga qadar universitetning (fakultetdagi) mas'ul xodimlariga taqdim etishingiz so'raladi!

Hujjatlarni qabul qilish vaqti:

Dushanba – Shanba: 08:00 – 18:00
Yakshanba: dam olish kuni

CALL-Markaz: 76 228 03 40

Muhim eslatma: Tabaqalashtirilgan (super) to'lov kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan (talabalikka tavsiya etilmagan) talabgorlar quyidagi raqamlarga bog'lanishi yoki universitetning Registrator ofisiga murojaat qilishlari mumkin.

Qo'shimcha telefonlar:
Nazarov Bekzod: +998 (93) 638-06-72
Qurbonov Furqat: +998 (90) 168-45-16
Toshmurodov Farrux: +998 (90) 521-11-17
Qurbonov Asliddin: +998 (90) 417-67-06
Qo'shayev Qo'shhakim: +998 (91) 579-19-26