O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinining Surxondaryo viloyati bosqichi yakunlandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
TerDU akademik litseyi jamoasi ushbu nufuzli musobaqada o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
G‘olib jamoalar respublika bosqichiga yo‘llanma olib, yurt miqyosida o‘zaro bellashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Zakovatli yoshlarimizga keyingi bosqichlarda ham omad va ulkan zafarlar tilaymiz!