“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida Termiz davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda Professor-o‘qituvchilar, xodimlar va 1500 nafar talaba obodonlashtirish, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etdi. Yoshlarning ezgu mehnati natijasida mahallalar yanada fayzli va ozoda tus oldi. Bu tashabbus nafaqat atrof-muhitni asrash, balki birdamlik, saxovat va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.